Dimed klinikasi

Maxfiylik siyosati

Политика конфиденциальности

Privacy policy

Oxirgi yangilanish: 2026-09-05

Ushbu siyosat «Dimed» koʻp ixtisosli tibbiy markazi (Chinoz shahri, Navoiy koʻchasi, 18 — keyingi oʻrinlarda «Klinika») dimed.uz sayti va «Dimed klinikasi boti» (Telegram) orqali shaxsiy maʼlumotlaringizni qanday yigʻishi, ishlatishi va himoya qilishini tushuntiradi. Saytdan yoki botdan foydalanib, siz ushbu siyosatga rozilik bildirasiz.

1. Qanday maʼlumotlar yigʻiladi

F.I.Sh., tugʻilgan sana va jins Klinikaning «1C» hisob tizimidagi bemor kartangizdan olinadi yoki navbat olayotganda siz oʻzingiz kiritasiz. Telefon raqami faqat Telegram kontaktini ulashganingizda olinadi.

2. Nima maqsadda ishlatiladi

Maʼlumotlaringiz reklama maqsadida ishlatilmaydi va uchinchi shaxslarga sotilmaydi.

3. Qayerda va qanday saqlanadi

Maʼlumotlar Amazon Web Services (AWS) bulut platformasidagi DynamoDB maʼlumotlar bazasida shifrlangan holda saqlanadi; unga faqat Klinikaning texnik kalitlari orqali kirish mumkin. Sayt Netlify platformasida joylashgan. Bemor kartasi va tahlil natijalari Klinikaning «1C» tizimi bilan sinxronlanadi — bu tizim Klinikaning oʻzida ishlaydi.

Kirish uchun parol ishlatilmaydi: bir martalik kod Telegram orqali yuboriladi va 5 daqiqadan soʻng oʻz kuchini yoʻqotadi. Sayt sessiyasi brauzerda 30 kun saqlanadi; «Chiqish» tugmasi uni darhol tugatadi.

4. Telegram bot orqali xabarlar

«Dimed klinikasi boti» sizga quyidagi xabarlarni yuboradi:

Telegram orqali yuborilgan xabarlar Telegram kompaniyasining oʻz maxfiylik siyosatiga ham boʻysunadi. Xabarlarni olishni istamasangiz, botni bloklashingiz mumkin — bunda navbat olish uchun kirish ham ishlamaydi, qabulxonaga qoʻngʻiroq qilib navbat olishingiz mumkin.

5. Maʼlumotlarni kim koʻradi

Maʼlumotlar boshqa hech kimga berilmaydi, faqat qonun talab qilgan hollarda vakolatli davlat organlariga taqdim etilishi mumkin. Tahlil natijasi havolasini boshqa odam bilan «Ulashish» orqali baham koʻrsangiz, oʻsha havolaga ega har kim natijani koʻra oladi — havolani faqat ishonchli odamlarga yuboring.

6. Saqlash muddati

7. Sizning huquqlaringiz

Soʻrov uchun quyidagi aloqa vositalaridan foydalaning. Soʻrovlar 10 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi; shaxsingizni tasdiqlash uchun qoʻshimcha maʼlumot soʻralishi mumkin.

8. Cookie va brauzer xotirasi

Sayt bitta texnik cookie (dimed_session) ishlatadi — u faqat kirganingizni tasdiqlash uchun kerak va boshqa saytlarga uzatilmaydi. Brauzer xotirasida esa tanlangan til kabi qulaylik sozlamalari saqlanadi. Reklama yoki kuzatuv cookie'lari yoʻq.

9. Siyosatdagi oʻzgarishlar

Siyosat yangilanganda uning yangi tahriri shu sahifada eʼlon qilinadi va yuqorida yangilanish sanasi koʻrsatiladi. Muhim oʻzgarishlar haqida bot orqali xabar berishimiz mumkin.

10. Aloqa

«Dimed» koʻp ixtisosli tibbiy markazi
Chinoz shahri, Navoiy koʻchasi, 18 (Abdurashid savdo markazi yonida)
Telefon: +998 55 9009 103
Telegram: Dimed klinikasi boti